Markaziy gazetalar sharhi" — Shanbalik

Zo'r-a? :-) Baxtiyor Nazarovning aytishicha, "Eng muhimi, Ilhom Qosimov Konfutsiy hikmatlarini birinchi bo'lib asliyatdan o'zbek tiliga o'girgan tarjimon hisoblanadi".Bitta yaxshi narsaga odatlandim. Har holda o'zim shuni yaxshi deb hisoblavoman. Har hafta "Hurriyat", "O'zbeksiton adabiyoti va san'ati" sotvovomman :-) Yaqindan beri. TV ko'rmagan va radio eshitmagandan keyin, o'zimizda bo'votgan voqealarni qandaydir bilib turish kerak-ku; O'zAda har doimgidek "Dalada bayram", Gazeta.uz yozgi uyquda, "Ozodlik" va unga o'xshaganlar esa, loyihani tanishtirish sahifasida xolislik haqida kiyib-pishib yozishgan bo'lishsa ham, negadir manga xolisga o'xshab ko'rinishmiydi. Mayli, bu boshqa masala...

Eski (lekin juda ham eski emas) zamonlarda TVda shunaqa ko'rsatuv bo'lardi: "Markaziy gazetalar sharhi". Bir-ikki marta o'sha ko'rsatuvni tomosha qilganimdan keyin "O'zbekiston futboli"ni sotib olganimni eslayman :-) 4, 6 yoki 8 bet hajmda 10ga yaqin markaziy (lekin har doim ham qiziq, yo'q - dolzarb, narsalar bo'lmaydigan) gazetalari bor mamlakat uchun bundayin ko'rsatuvlar ayniqsa kerak. Axir, har kuni 5-6 ta gazetani sotib olish imkoni hammada ham yo'q. Ayniqsa, talabada :-)

"Hurriyat" bilan "O'zbekiston adabiyoti va san'ati"ni bitta gazetaga aylantirib yuborsa, to'g'risi, juda yaxshi ham kuchli bir nashrga aylanardi. "O'zAS"da asosiy e'tibor, nomidan ham ma'lum, adabiyot va san'atga berilgan; "Hurriyat" esa, peshonasiga mustaqil gazeta deb yozib qo'ygani, undan, odatda, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy mavzudagi kuchli maqolalar kutilgan bir vaqtda, ba'zan, adabiy mavzudagi materiallarni berishda "O'zAS"dan ham o'tib ketadi. Har holda, o'zim shunaqa sonlariga guvoh bo'lganman. Bu ikki nashrni birlashtirsa esa, bundan faqat o'quvchi yutadi - shubhasiz, kuchli bir nashrga aylanadi.

O'zi bu postni yozishdan maqsad, oxiriga yetib qolgan haftada chiqqan sonlarga kichkina sharh berish edi. Harakat qilaman :-)

"Hurriyat" haftaning chorshanba kuni chiqqani uchun birinchi undan boshlaymiz. "Hurriyat" muxbiri Davron Oripovning yozishicha, Qumqurg'on tumani (Surxondaryo viloyati?)dagi Qurbon Yo'ldoshev nomli mahallada "mahalla yig'ini mutasaddilari, ya'ni mahalla raisidan tortib, militsiya tayanch punkti nozirigacha barchasini ko'chaga chiqarib qo'yishdi". Ma'lum bo'lishicha, vaqtincha tuman hokimi vazifasini bajarib turgan I.Aytemirovning 725-sonli qarori bilan o'sha mahalla mutasaddilariga idora qilib berilgan joy T.Shopo'latovga xususiylashtirib berilgan ekan. Muxbirning yozishicha, "...15 mingdan ortiq aholiga xizmat qilib 6 xonali, umumiy maydoni 210 kvadrat metrdan iborat, bugungi bahosi hech bo'lmaganda 40-50 million so'm bo'lgan binoning bor-yo'g'i 400 ming so'mga sotib yuborilgani ko'chada qolib ketgan mahalla fuqarolar yig'ini mutasaddilari va fuqarolarga og'ir botgani rost... Uchastka profilaktika noziri Z.Toshboyevning ham alami ichida: - To'rt oydan buyon hujjat ishlarini uyda bajaraman, - deydi fig'oni ko'kka chiqib. - Tuman hokimligining mutasaddilari har bir mahallada militsiya tayanch punkti uchun alohida xonalar bo'lishi shart va zarurligini nahotki bilishmasa? Axir bunday sharoitda mahalla osoyishtaligini ta'minlashning o'zi bo'ladimi?".

Militsiya ko'chada qop ketgani quloqqa g'alati eshitilarkan :-) "Hurriyat" 2010-yil 7-iyul sonida birinchi betga "Nukusning maftunkor jamoli"ni emas, aynan shu maqolani - o'sha ezilib turgan militsionerning katta rasmi bilan - chiqarsa, "Hurriyat" - mustaqil gazeta" degan jarangli nomga mos tushgan bo'lardi.

"Hurriyat"ni, orada tanaffuslari bilan bo'lsa-da, kuzatib kelayotganimdan bilamanki, eng rasvo sonining ham so'nggi sahifasi bir qadar yaxshiroq bo'ladi butun gazetadan. Bu safar ham shunaqaroq bo'lgan. Sitora Tojiddinova O'zbekiston Respublikasi Milliy kitob palatasi direktori Zuhriddin Isomiddinov bilan suhbatlashgan. Zuhriddin Isomiddinovning so'zlariga ko'ra, "...Milliy kitob palatasining asosiy vazifasi - yurtimizdagi barcha bosma nashrlar (kitob, gazeta-jurnal, plakat, afisha va h.k.)dan bir nusxadan olib, ularni uzoq muddat saqlashdir... Mazkur muassasa 1926-yilda ish boshlagan. Salkam to'qson yillik faoliyati davomida Vatanimizda chop etilayotgan har bir nashrning bittadan nusxasini saqlab kelmoqda". Lekin bu muassasaga kirish qiyinroq ekan shekilli, "...Kitoblar alohida sharoitlarda saqlanayotgani bois bizga faqat rasmiy tarzda murojaat qilganlarga o'ta zarur hollarda kitoblarni mutolaa qilishga beriladi". Manimcha, bu muassasani ichida, Navoiy kutubxonasida yo'q "Mustaqil gazeta"ning arxivi bor (milliy kutubxonadagilar, so'raganimda: "Mustaqil gazeta?! Shunaqasiyam borakanmi?", deb hayron bo'lib, mani hayron qoldirishgandi). Bir kun kelib Milliy kitob palatasiga rasman murojaat qilaman-ov... :-)

Zuhriddinovdan yana bitta iqtibos:"Men "ko'p kitob chop etilyapti" degan fikrga mutlaqo qarshiman. Yurtimizda har yili o'rtacha hisobda 2000 nomdagi kitob nashr qilinyapti. Bu dunyoning rivojlangan davlatlariga nisbatan ancha oz miqdor. Yana bir gap. Palatamizda 1920-yillardagi plakatlar, afishalar saqlanyaptiki, ular olimlarimizda katta qiziqish uyg'otmoqda. Chunki aynan ular o'sha davr ruhini, tarixini o'rganishga ko'mak beradi. Aytmoqchi bo'lganim, hozir bizga qadrsiz tuyulayotgan nashrlar ham ellik yil, yuz yil o'tgandan keyin avlodlarimiz uchun juda qimmatli bo'lishi mumkin.

Endi bozor adabiyoti degan tushuncha haqidagi fikrimni aytay. Agar hozirgi kunda Abdulla Qodiriy hayot bo'lsa-yu, "O'tkan kunlar"ini yozsa edi, eng bozorbop kitob shu bo'lardi. Rashod Nuri Guntekinning "Choliqushi" romani ham zo'r bozor adabiyoti bo'lardi. Bu bilan nima demoqchiman? Xalqimizda ajoyib naql bor: "Boriga baraka". Yaxshi asar kam chop etilganidan keyin kitobxon borini o'qiydi-da.

Odatda did haqida bahslashilmaydi. Ammo ba'zan xayolimni bir fikr band etadi: agar shu xom-xatala "roman"lar bo'lmaganida, xalqimiz eski bo'lsa ham yaxshi kitoblarni topib o'qirdi. Shunday asarlar qayta-qayta nashr etilardi. Shunday emasmi? Chunki odamlarda mutolaaga ehtiyoj bor. Ammo bu ehtiyojni o'sha past saviya bilan yozilgan "asar"lar qondiryapti".Shu sonda manga eng yoqqan maqola, fakultetimizning bitiruvchilari haqida jurnalist Islom Hamro yozgan "Yozmasa bo'lmaydigan mavzu" degan maqola bo'ldi. Tushunarliki, eng avvalo mani fakultetim haqida bo'lgani uchun, keyin maqtov bo'lgani uchun ham. Lekin har doim ham o'z o'qish joying haqida, yana maqtov bilan yozilgan narsa yoqavermaydi. Lekin bunisi yoqdi. Xursand bo'lib ketdim. O'zbekiston uchun.

Jurnalistning yozishicha, Dilfuza Irgashevaning "Globallashuv va xalqaro axloq muammosi" mavzusida yozilgan bitiruv malakaviy ishini: "Qani, bir ko'ray-chi, yosh hamkasbim nima karomat ko'rsatibdi", - deya varaqlashni boshlaganu, "birpasda Islom Hamroni o'ziga mutlaqo jalb etgan". Keyin, "Dilnoza Mirtolipovaning "Sud jarayonlarini yoritishda jurnalist ishtirokining huquqiy asoslari" mavzuidagi diplom ishini varaqlab" chiqqan jurnalist, "mavzu nomini o'qishi bilan masalaning naqadar jiddiyligini his etgan". "Dilnoza Mirtolipovaning sud jarayonida jurnalist ishtirokining huquqiy asoslarini xalqaro va milliy qonunchilikda belgilangan me'yorlar asosida ommaviy axborot vositalari amaliyotida qo'llanilishi va talqin etilishi masalalarini chuqur o'rganib, ayni paytda bu masalalarni yurtimizdagi amaliyotga qiyoslagan holda yutuq va muammolarini tahlil etishi, o'z takliflarini kiritishi tahsinga loyiq", deb yozadi Islom Hamro. Yana bitta iqtibos:Diplom ishi himoyasida qatnashgan taniqli yozuvchi, publitsist Xurshid Do'stmuhammad bitiruv malakaviy ish haqida fikr yuritarkan, hazil tariqasida shunday dedi:
- Qizim, bu mavzuda yozishdan cho'chimadingizmi?..
Mana shu birgina so'z bitiruv malakaviy ishi uchun naqadar jiddiy mavzu tanlangani va uning dolzarbligidan dalolat beradi.Keyin Ilhom Qosimov (Ilhom aka!)ni diplom ishi haqida ham yozilgan. O'qishda, himoyadan keyin o'zim eshitgandim, Xurshid Do'stmuhammad Ilhomakaga: "Bu diplom ishi emas, dissertatsiyaga aylanib ketibdi", degan ekan; keyin to'rtinchi kurslarni, o'sha bitiruvchilarni Ilhom akani diplom himoyasida olgan balli haqida gaplashib turishganini ko'rib qolgandim: "Eng baland ballni olibdi, hech kimga bunaqa baland baho qo'yishmaganakan". Diplom ishini mavzusini yozaman, lekin Islom Hamroni so'zlarini yozmayman (u ham baribir maqtagan-de!): "Sharq mutaffakirlarining publitsistika rivojiga ta'siri (Konfutsiy ijodi misolida)". Zo'r-a? :-) Baxtiyor Nazarovning aytishicha, "Eng muhimi, Ilhom Qosimov Konfutsiy hikmatlarini birinchi bo'lib asliyatdan o'zbek tiliga o'girgan tarjimon hisoblanadi".

Islom Hamro, shuningdek, Dilsora Mirzaahmedovaning "Jenmin Jibao" Xitoy Xalq Respublikasining partiyaviy nashri sifatida", Olimjon Abdushukurovning "Globallashuv davrida axborot yetkazish psixologiyasi (Janubiy Koreya telekanallari misolida)" (bu diplom himoyasini kuzatgandim, bu haqda keyin alohida yozaman), Shoira Haydarovaning "Buyuk Britaniya matbuotida bolalar muammosi ("Girl talk" gazetasi asosida)" kabi diplom ishlari haqida to'xtalib o'tgan.

Bunaqa maqoladan keyin mani kayfiyatim ko'tarilmiy, kimmi kayfiyati ko'tarilsin. "Bugun bizga - mamlakatimiz va millatimiz taraqqiyotiga aynan Baxtiyor Nazarov bitiruvchi-talaba misolida aytgan "dadil va mustaqil fikrlaydigan" yoshlar kerak. Men Xalqaro jurnalistika fakultetida o'tkazgan bir kunim davomida ortimizdan ana shunday yoshlar yetishib kelayotganiga yana bir karra guvoh bo'ldim. Ko'ksim g'urur va iftixorga to'ldi" - aaaa, optimizmni yaxshi ko'raman! :-)

"O'zbekiston adabiyoti va san'ati" haqida gap unchalik ko'p emas. Manga eng yoqqani, umuman, shu sondagi eng yaxshi material - Pirimqul Qodirov bilan To'lqin Eshbek hamkorlikda "taniqli olim Abdug'afur Rasulovning 2009-yil "Mumtoz so'z" nashriyotida chop etilgan adabiy-tanqidiy maqolalardan iborat "Betakror o'zlik" nomli yangi kitobi"ga yozgan taqrizi bo'ldi. Taqrizni o'zida eng yoqqani mana bu joyi bo'ldi:"Zamon bilan hamnafas olim A.Rasulov milliy adabiyotimiz mavqeini dunyo qadar ko'tarish haqida mushohada yuritar ekan, o'zbek tilidagi internet adabiyotini, jumladan, tanqidchiligini shakllantirish, shoir va yozuvchilar, munaqqidlarning veb-saytlarini rivojlantirish orqali milliy adabiyotimizni keng miqyosda targ'ib-tashviq qilish zarurligiga e'tibor qaratadi"."Bo'larkan-u!", dvordim shu joyini o'qiganimda.

Bo'ldi! :-)




А так же :

Крякнуть игру


любые карты пополнения счета по адекватной цене - http://inet-shop.net/. приобретайтедоступные


Акционерное общество
ВВЕДЕНИЕ. В условиях перехода к рыночным отношениям в экономике Украины и сложившейся в данный момент кризисной экономической и политической ситуации отношения форм собственности играют далеко не последнюю, и даже, одну из основополагающих ролей в стабилизации экономического положения в стране. Возникшая проблема разгосударствления и приватизации (перехода от государственной к негосударственной форме собственности) большинства предприятий Украины, сложности, вытекающие из сложившейся ситуации,требует тщательного рассмотрения таких предметов, как: -структура собственности и ее особенности; -мировой опыт дифференциации форм собственности (национализация и денационализация, антимонопольная политика, приватизация и прочее); -национальные особенности экономики Украины.


Pollock, Jackson: Action painting
Pollock was the first ``all-over'' painter, pouring paint rather than using brushes and a palette, and abandoning all conventions of a central motif. He danced in semi-ecstasy over canvases spread across the floor, lost in his patternings, dripping and dribbling with total control. He said: ``The painting has a life of its own.



Hosted by uCoz